» » Buxoroda haydovchining e’tiborsizligi sabab 3 yoshli bola avtomobil g‘ildiraklari tagida qolib vafot etdi

Buxoroda haydovchining e’tiborsizligi sabab 3 yoshli bola avtomobil g‘ildiraklari tagida qolib vafot etdi


Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida haydovchining e’tiborsizligi sabab uch yoshli bola avtomobil g‘ildiraklari tagida qolib vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev xabar berdi.

2020-yilning 2-iyul kuni “Mirzoqul” mahallasi Jo‘yrabof qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.M. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli avtotransport vositasi mahalladagi xonadonlarning biriga ichimlik suvi olib kelgan. U odatdagidek ishini bajarib bo‘lib, mashinani orqa tomonga olgan. Biroq avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib ketgan bolani payqamagan.

“Avtomobilning yon tomon oynalari yo‘qligi yetmagandek, haydovchi boshqaruvdan oldin avtomobil yonini ko‘zdan kechirmagan hamda uch yoshli bolaning avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib ketganini sezmagan”, — deydi Ulug‘bek Shukrullayev.

Ma’lumot berilishicha, haydovchi mahallaga doimiy ravishda ichimlik suvi yetkazib bergan.

“Bosh miya ochiq jarohatlanishi tashxisi bilan kasalxonaga keltirilgan bolakay hayotdan ko‘z yumgan. Holat yuzasidan hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari ketmoqda”, — deyiladi viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabarnomasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanida Spark mashinasi ikki yoshli bolani urib ketishi oqibatida bola shifoxonada vafot etgani, Shayxontohur tumanining Zulfiyaxonim ko‘chasida esa 10 yoshli bola 53 yoshli Spark haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida vafot etgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют