» » O‘zbekistonda 7-iyul kuni 308 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 189 tasi Toshkent shahrida qayd etildi

O‘zbekistonda 7-iyul kuni 308 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 189 tasi Toshkent shahrida qayd etildi


O‘zbekistonda 6-iyul soat 23:30 dan 7-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirusga chalinganlar soni 308 kishiga oshdi. O‘zbekistonda ketma-ket 5-kun kunlik kasallanganlar soni 300 nafardan oshmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 10670 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

Kun davomida 8 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 5 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi.

Toshkent shahrida 189 ta yangi holat qayd etildi. Ulardan 88 tasi karantindagilar orasida, 101 tasi aholi orasida aniqlandi.

7-iyul kuni koronavirusdan vafot etgan uch nafar bemor haqida ma’lumot berildi. Ulardan ikki nafari erkak, bir nafari ayol.

Birinchi o‘lim. Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 61 yoshli O.N. 27-iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan. Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 61 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan Samarqanddagi 3, O‘zbekistondagi 38-bemor bo‘ldi.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. ismli erkak 19-iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.

2-iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan. Unga COVID-19, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 79 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgan Toshkentdagi 24, O‘zbekistondagi 39-bemor bo‘ldi.

Uchinchi o‘lim. Navoiyda yuz bergan ilk o‘lim holati haqida viloyat hokimi Qobul Tursunov ma’lum qildi. Keyinroq Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati bemorning yoshi, jinsi va unga qo‘yilgan tashxis haqida ma’lumot berdi. Ushbu xabarlarni kun oxirida SSV tasdiqladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Navoiy shahrida yashovchi 38 yoshli X.Sh. ismli erkak 2-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga namuna topshirgan va uning kasalligi tasdiqlangan. Bemor shu kunning o‘zidayoq shifoxonaga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, 1—2-darajali nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Qo‘shimcha gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya tashxisi ham qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining 3—4-darajasi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi kabi asoratlar bilan kechgan. Bemor 2019-yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, vafot etgan bemor “Sanoat qurilish bank”ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Xurshid Shabonovdir.

Xurshid Shabonov koronavirusdan vafot etgan Navoiydagi birinchi, O‘zbekistondagi 40-bemor bo‘ldi.

Uchala bemorning ham o‘lim sanasi haqida ma’lumot berilmadi. Qobul Tursunov 6-iyul kuni Navoiy viloyati aholisiga qilgan murojaatida viloyatdagi ilk o‘lim kuni kecha sodir bo‘lganini aytgan. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida esa 6-iyul kuni bemorning ahvoli o‘ta og‘irlashib qolgani aytilgan. Xabarda, shuningdek, reanimatsion muolajalarga qaramay bemorning biologik o‘limi qayd etilgani ma’lum qilingan. Biroq o‘lim sanasi keltirilmagan. SSV xabarida esa sanalardan faqat bemor shifoxonaga yotqizilgan 2-iyul tilga olingan.

Ketma-ket uchinchi kun O‘zbekiston shifoxonalarida 3 nafardan bemor vafot etayotgani haqida xabar berilmoqda. Iyul oyi boshidan beri SSV 14 nafar bemorning vafot etgani haqida xabar berdi. Iyul oyi O‘zbekistonda koronavirusdan eng ko‘p odam vafot etgan oyga aylandi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3819 nafar bemordan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Toshkent shahri, Qashqadaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10670 nafar bemordan 6811 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 44 713 nafar, statsionar karantinda esa 25 032 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют