» » Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Buxoro viloyatida Damas rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-iyul kuni soat 05:25 larda Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi (1988-yilda tug‘ilgan Y.P.) Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

“YTH natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi va 28 yoshli A.X. ismli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida 5 kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tez yordam xizmati to‘liq raqamlashtirilib, 150 ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobil 2020-yilning yanvar oyida foydalanishga topshirilgandi. 7-iyul kuni esa O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlar uchun yana 15 ta yangi reanimobil xarid qilgani ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют