» » Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratish bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatmagan tuman va tashkilot rahbarlarini ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratish bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatmagan tuman va tashkilot rahbarlarini ishdan oldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-iyul, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtab o‘tildi. Davlat rahbari kamida 257 ming nafar muhtoj oila vakilini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish uchun ishsiz aholini tadbirkorlikka o‘qitish kurslari tashkil etiladi

Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko‘rsatkichi eng past sektorlar ta’kidlanar ekan, ularning rahbarlariga jazo choralari ko‘rildi.

Jumladan, Farg‘ona tumani hokimi Nosirov, Yakkabog‘ tumani prokurori Mustafoyev, G‘uzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Rahmonov va Abdurayimov, Muborak tumani va Qo‘qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Temirov va Turdiqulovni egallab turgan lavozimlaridan ozod etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligini aytdi

Sho‘rchi tumani hokimi Xudoyberganov, Kattaqo‘rg‘on, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otaqulov va Shermuhammedov, Narpay, G‘allaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamayev va Rajabovga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida “hayfsan” e’lon qilinishi belgilandi.

Avvalroq bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni qariyb 2 million kishiga yetganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 15 foizga ko‘tarildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют