» » Pro-Liga. “Dinamo” o‘z uyida yutqazdi, “Zomin” “Sho‘rtan”ni taslim etdi

Pro-Liga. “Dinamo” o‘z uyida yutqazdi, “Zomin” “Sho‘rtan”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchta bahs 8-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Samarqandning “Dinamo” jamoasi o‘z maydonida “Istiqlol”ni qabul qildi. 30-daqiqada mezbonlar futbolchisi Amirjon Safaror o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning dastlabkisida Avaz Agaliyev hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib, Agaliyev avtogol muallifiga aylandi. Shu tariqa samarqandlik futbolchilar uchta gol urgan bahsda “Istiqlol”ning qo‘li baland keldi.

“Zomin” o‘z uyida “Sho‘rtan” bilan bahs yuritdi. Dastlab g‘uzorliklar Shokir Yo‘ldoshevning golidan so‘ng oldinga o‘tib oldi. 33-daqiqada mehmonlar Jasur Xolto‘rayevning chetlatilishidan so‘ng bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng maydon egalari uch bor raqib darvozasiga yo‘l topdi. Gollarning barchasiga Eldor Karimov muallif bo‘ldi.

Yana bir o‘yin “Turon” va “Oqtepa” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda yaypanliklar 82-daqiqada kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

2-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Pro-Liga

2-tur bahslari

8-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 30, avtogol Amirjon Safarov, 1:1 – 90+1 Avaz Agaliyev, 1:2 – 90+2 Avaz Agaliyev.

Gollar: 0:1 – 29 Shokir Yo‘ldoshev, 1:1 – 45+1 Eldor Karimov, 2:1 – 53 Eldor Karimov, 3:1 – 85 Eldor Karimov.

Chetlatish: Jasur Xolto‘rayev 33 (“Sho‘rtan”)

Gol: 1:0 – 82 Doston Meliqo‘ziyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют