» » Afrikada COVID-19 bilan kasallanish holatlarining soni 500 mingtadan oshdi

Afrikada COVID-19 bilan kasallanish holatlarining soni 500 mingtadan oshdi


Afrikada koronavirus infeksiyasiga chalingan odamlar soni 507 ming nafardan oshgan, o‘lim holatlarining soni 12 mingtaga yaqinlashgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni salqash tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

Tashkilot bergan axborotga ko‘ra, Afrikada 507 187 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 11 959 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Janubiy Afrikada (JAR) 215 855 ta va Misrda (77 279) kuzatilgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Misrda (3489), JARda (3502) va Jazoirda (968) qayd etilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusni tan olmagan Burundi prezidenti vafot etdi. U koronavirusga chalinganlik gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan edi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-martda koronavirus infeksiyasining butun dunyoda tarqalishini pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. Tashkilot yuritayotgan statistikaga ko‘ra, butun dunyoda 11,5 million nafardan ko‘proq odamda COVID-19 aniqlangan, 535 ming nafardan ziyod bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST vakili Afrikada koronavirus bilan vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют