» » Toshkentda 83 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 47 tani tashkil qilmoqda

Toshkentda 83 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 47 tani tashkil qilmoqda


Toshkentning Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 83 yoshli Sh.T.ni 25-iyundan tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, hansirash va nafas siqishi bezovta qilgan. 28-iyun kuni esa koronavirus aniqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. 30-iyun kuni tos suyagi bo‘yinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga COVID-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor ikki tomonlama gonartroz, ikki tomonlama koksoartroz kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor bundan avval, ko‘p yillardan buyon gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib keladi. 2019-yildan beri esa yotoq holatda bo‘lgan (tizza va tos-son bug‘imlari osteoartrozi, joriy yil 16-iyun kuni esa yiqilib tushishi oqibatida tos suyagi buyinchasi singan). Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 46 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют