» » Qozog‘iston prezidenti mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishida Sog‘liqni saqlash vazirligini aybladi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishida Sog‘liqni saqlash vazirligini aybladi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev televideniye orqali Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti o‘z nutqida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy va murakkablashib borayotganini ta’kidlab o‘tgan.

“Taassufki, kasallik qozog‘istonliklarni hayotdan olib ketmoqda. Rasmiy ma’lumotlar ortida yuzlab oilalarning kulfati turibdi. Kimdir otasi, onasi, akasi, singlisi, o‘g‘li, qizini yo‘qotgan. Men vafot etganlarning yaqinlari va qarindoshlariga o‘z ta’ziyamni izhor etaman. Bu barchamizning umumiy fojiamiz. Shu sababli men 13-iyulni pandemiya tufayli vafot etgan qozog‘istonliklar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilaman”, — deydi To‘qayev.

Qozog‘iston prezidenti pandemiya boshidanoq dadil va qat’iy choralar ko‘rilgani ko‘plab qurbonlarning oldini olganini, biroq karantin choralariga ommaviy ravishda e’tiborsizlik qilinishi, Sog‘liqni saqlash vazirligining tizimli xatolari, hokimlarning sustkashligi ikkinchi to‘lqinga sabab bo‘lganini, shu tufayli davlat komissiyasi tomonidan butun mamlakat bo‘ylab ikki haftalik karantin joriy qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ta’kidlagan.

“Bu to‘g‘ri qaror. Ayni paytda vaziyat barqarorlashganining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Lekin bo‘shashishga erta. Kelayotgan haftalar pandemiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi bo‘ladi”, — deydi Qozog‘iston prezidenti.

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda dori vositalarining taqchilligi sabab aholiga murojaat yo‘llagan, huquq-tartibot idoralariga dori-darmon chayqovchiligi bilan shug‘ullanayotganlarni ushlash topshirig‘ini bergan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 53 021 kishiga yetgan. Hozirga qadar 35 137 kishi sog‘aygan, 264 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tish uchun Samarada yana 1,2 ming o‘zbekistonlik to‘plandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют