» » Janubiy Koreyaga ishga borgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi

Janubiy Koreyaga ishga borgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi


Janubiy Koreyaning Kvanyang shahrida 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2018-yildan buyon Kvanyang shahridagi Doowon Corporation korxonasida ishlab kelgan ushbu fuqaro mehnat ta’tili vaqtida O‘zbekistonga kelib, 6-iyul kuni charter reys orqali yana Janubiy Koreyaga uchib ketgan.

7-iyul kuni Inchxon xalqaro aeroportiga uchib borganidan so‘ng test topshirish uchun aeroportdan tibbiyot markaziga, shundan so‘ng o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish manziliga borgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi va Kvanyang shahrining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi shifoxonaga yotqizilgan. Davolanishning taxminiy davri 10-14 kunni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada umumiy hisobda 83 581 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 590 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют