» » AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi

AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi


AQShda so‘nggi 24 soat ichida 63 247 ta kasallanish holati aniqlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Yuqoridagi ko‘rsatkich epidemiya davridagi sutkalik antirekord hisoblanadi. So‘nggi vaqtda AQShda ushbu antirekord ko‘p bora yangilangan. Iyun oyning oxiriga kelib mamlakatda kasallik tarqalishi sezilarli ravishda tezlashgan.

Shuningdek, mamlakatda oxirgi sutkada 990 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etdi

Bir kun avval, 9-iyul kuni 58 601 nafar odamda koronavirus aniqlangan. 820 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, AQShda shu vaqtgacha (10-iyul) 3 118 168 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan. 133 mingdan ortiq odam vafot etgan. 969 mingdan ortiq odam bu kasallikdan tuzalgan.

Avvalgi kunlik antirekord 4-iyul kuni qayd etilgan edi. O‘sha kunda mamlakatda 57,5 ming kishida koronavirus aniqlangan.

Hozirda butun dunyo bo‘ylab 12,2 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 555 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют