» » “UAZ” pikapi uch kishilik modulga ega avtouyga aylantirildi (video)

“UAZ” pikapi uch kishilik modulga ega avtouyga aylantirildi (video)


YouTube’dagi “808” kanalining mualliflari “UAZ” bazasida yaratilgan g‘ildiraklar ustidagi ixcham uy haqida so‘zlab berdi. Bu turdagi “UAZ” pikaplarini yig‘ish bilan Moskva viloyatidagi Lux Form kompaniyasi shug‘ullanib keladi.

Mazkur “UAZ”ning radiator panjarasi almashtirilgan, kenguryatnik va shnorkel o‘rnatilgan, g‘ildirak arkalari kengaytirilib, shinalar yo‘ltanlamasnikiga o‘zgartirilgan. Shu bilan birga, avtomobil balandligi ko‘tarilgan, “podveska”da esa yangi amortizatorlar paydo bo‘lgan. Kuzov zanglashga qarshi va esktremal haroratlarga bardoshli Raptor bilan qoplangan.

“Elburs” modulining tom qismi elektr uzatmali bo‘lib, 22 soniyada ko‘tariladi. Uning tashqi tomonida esa mayda-juyda narsalarni saqlashga mo‘ljallangan ko‘plab bo‘lmalar mavjud.

Kichik eshik bilan chiqiladigan modul ichida uch kishiga mo‘ljallangan joy, stol, rakovina, muzlatgich va sanuzel mavjud. Bundan tashqari, rozetka va yoritish tizimini tok bilan ta’minlovchi akkumulyator o‘rin olgan. Tom qismiga lyuk, devrolariga esa kichkina derazalar o‘rnatilgan.

Mashina 150 ot kuchiga ega 2,7 litrli “ZMZ Pro” motori yordamida harakatga keladi. “Elburs” nomini olgan mazkur model narxi 2,5 million rubl (35 ming dollar).

Avvalroq Ulyanovsk avtozavodi Lux Form kompaniyasi bilan hamkorlikda “Buxanka” bazasida “Baykal” nomli navbatdagi avtouyni yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Amerikalik erkak iti bilan sayohat qilish maqsadida Honda NSX’ni avtouyga aylantirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют