» » Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etildi (foto)

Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etildi (foto)


Hofele Design atelyesi Ultimate HGLE loyihasini — Maybach usulida qayta ishlangan Mercedes-Benz GLE’ni taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Ultimate HGLE krossoveri oddiy GLE’dan vertikal tirqishlarga ega radiator panjarasi, 23 dyuymli g‘ildirak diskalari va massiv diffuzori bilan ajralib turadi. Mashinaning orqa qismida, old qanotlari va panjarasida dizayn-atelyening logopiti paydo bo‘lgan.

Mashina saloniga ham o‘zgartirish kiritilgan: ikkinchi qatorga mayda-chuyda narsalarni saqlashga mo‘ljallangan ko‘plab bo‘lmachalarga ega alohida o‘rindiqlar o‘rnatilgan. O‘rindiqlarning barchasi Nappa charmi bilan qoplangan bo‘lib, unga orginal naqshlar tushirilgan. Pol qismida qo‘y junidan to‘qilgan gilamchalar to‘shalgan.

Maybach uslubida yaratilgan GLE’ni 367 ot kuchi va 500 Nm aylanuvchi momentga ega 3,0 litrli “turbooltilik” harakatga keltiradi. Motor to‘qqiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют