» » Dunyoda bir sutkada 230 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingani aniqlanib, kunlik antirekord yangilandi

Dunyoda bir sutkada 230 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingani aniqlanib, kunlik antirekord yangilandi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 230,3 mingta holatni qayd etdi, deb xabar bermoqda “RBK” tashkilotning 13-iyul kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga tayanib.

Avvalgi antirekord 10-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, unda sutka davomida kasallanganlar soni 228 ming kishini tashkil etgandi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda umumiy hisobda 12,5 million kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan. Shundan 561 mingdan ortig‘i vafot etgan. Jons Hopkins ma’lumotlarida esa dunyo bo‘yicha 12,7 million kishi COVID-19 bilan kasallangani, bemorlarning 566 mingdan ortig‘i vafot etgani qayd etilgan.

The New York Times’ning yozishicha, birgina AQShning o‘zida so‘nggi ikki kun davomida koronavirus aniqlanganlar soni 60 ming kishidan oshib ketgan. Mamlakat kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. U yerda COVID-19 3,2 milliondan ortiq kishida aniqlangan. Undan keyingi o‘rinlarni Braziliya (1,8 milliondan ortiq) va Hindiston (qariyb 850 ming kishi). Bundan avval uchinchi o‘rinni Rossiya egallab kelayotgandi.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qilgandi. Tashkilotning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham koronavirus o‘zgarmagani, kasallikning jiddiyligi avvalgidek qolganini aytgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют