» » Butun dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi

Butun dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 10-iyul, juma kuni dunyo bo‘yicha 228 102 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Meduzaning yozishicha, bu butun pandemiya davomidagi kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha antirekord ko‘rsatkich, shuningdek, sutkada 200 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlanishi bo‘yicha iyul oyida kuzatilayotgan beshinchi holat.

Koronavirus eng keng avj olgan AQShda so‘nggi sutkada koronavirus 68 100 kishida qayd etilgan, deb yozmoqda The New York Times.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda bir kunda 69 mingdan ortiq kishida virus aniqlangan.

Mamlakatda qatorasiga uch kundan buyon kasallanganlar soni rekord darajada ortmoqda. Avvallari AQShda kunlik kasallanishlar soni biror marta 60 ming kishidan oshmagandi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirus o‘zgarmagani, kasallikning jiddiyligi avvalgidek qolganini aytgandi.

Mavzuga doir: JSST chegaralar ochilgach eng yomon ssenariy sodir bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют