» » AQShda bir sutkada 55 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi. Bu epidemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha rekord ko‘rsatkich

AQShda bir sutkada 55 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi. Bu epidemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha rekord ko‘rsatkich


AQShda so‘nggi sutkada 55 274 kishida koronavirus qayd etildi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu epidemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘ylab kunlik kasallanishlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.

Qayd etilishicha, so‘nggi 2 haftada AQShning 50 shtatidan 37 tasida kasallanishlar soni ortib bormoqda.

Kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha avvalgi rekord 19-iyun kuni Braziliyada qayd etilgan bo‘lib, 54 771 kishi koronavirusga chalingandi.

AQShda kasallanishlar soni iyun oyining ikkinchi yarmidan ortishni boshladi. Ungacha mamlakatda bir necha hafta davomida COVID-19’ga chalinganlar soni 20 ming kishi atrofida bo‘lib turgandi.

Ayni paytda AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi. Epidemiya boshlanganidan buyon aholisining soni 329 million kishidan iborat mamlakatda 2,8 million kishi koronavirusga chalingan, ularning 130 mingdan ortig‘i virus qurboni bo‘lgan.

Avvalroq AQSh bosh infeksionisti mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: AQSh koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют