» » Arkanzasda aprel oxirigacha sakkiz kishi qatl etiladi. Sabab — o‘lim inyeksiyasining yaroqlilik muddati tugayapti

Arkanzasda aprel oxirigacha sakkiz kishi qatl etiladi. Sabab — o‘lim inyeksiyasining yaroqlilik muddati tugayapti


Arkanzasda 21-aprelga o‘tar kechasi Lidel Li qatl etildi, u 1990-yillardayoq qotillikda aybdor deb topilgan edi. U bir ayolni urib o‘ldirgani uchun sudlangan. Meduza’ning yozishicha, Li so‘nggi so‘zdan voz kechgan, so‘nggi taom tanovuli o‘rniga ibodat qilgan. Uning tanasiga uchta preparat: hushini yo‘qotishi uchun midazolam, nafas olishini to‘xtatish uchun vekuroniya bromid va yurak urishini to‘xtatish uchun xlorid kaliy yuborildi.

Lidel Li Arkanzasda 2005-yildan beri qatl etilgan ilk mahbus bo‘ldi. Aprel oyi oxirigacha shtat rahbariyati jami sakkiz qotilni o‘ldirmoqchi. Bu qaror AQSh Oliy sudi tomonidan ma’qullab bo‘lingan.

Arkanzas shtati rahbariyati midazolam preparatining yaroqlilik muddati tugayotgani sababli ham qatllarni tezlashtiryapti. Natijada 10 yildan beri birorta o‘lim jazosi ijro etilmagan shtatda ikki haftada sakkiz kishi qatl etiladi.

Midazolam 2013-yildan beri o‘lim inyeksiyalari uchun foydalanilmoqda. Bu preparatni ishlab chiqaruvchilar esa yildan-yilga uni hukumatga o‘lim inyeksiyasi sifatida sotishdan bosh tortmoqda, chunki bu ularning nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

2015-yili sudlanuvchilar midazolamning qo‘llanilishini sud orqali taqiqlashga urinib ko‘rdi, chunki bir yil avval Oklaxomadagi qatl vaqtida preparat ta’sir qilmay qolib, mahbus qiynoq azobida vafot etgan edi. Arkanzasdagi qatllarni kechiktirishga urinishi davomida sudlanuvchilarning preparatdan foydalanishni sud orqali taqiqlash harakati esa besamar tugadi.

Arkanzasda qatl etilgan Lidel Lining advokatlari birgina midazolamning yaroqlilik muddati tugayotgani sababli o‘lim jazosi haqidagi hukmlarning ijro etilishini noqonuniy deb hisoblamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar shu bahona bo‘lmaganida, ular yangi DNK-testini o‘tkazib, mijozining aybsiz ekanini isbotlashga erishgan bo‘lardi.

“Arkanzas ma’muriyati qatllar qonun doirasida ijro etilayotganini ta’kidlamoqda. Arkanzas bosh prokurori Lesli Ratlidjning ma’lum qilishicha, Lidel Li tomonidan o‘ldirilgan ayolning oilasi va nihoyat adolatning qaror topishiga guvoh bo‘ldi”, — deb yozadi The New York Times.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют