» » A Seriya. “Inter” irodali g‘alaba qayd etib 2-o‘ringa ko‘tarildi

A Seriya. “Inter” irodali g‘alaba qayd etib 2-o‘ringa ko‘tarildi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 32-turida “Inter” 13-iyul, dushanba kuni “Torino” bilan o‘ynadi.

Dastlab mehmonlar 17-daqiqada Andrea Belottining golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda milanliklar bunda uchta to‘p bilan javob berdi. 48-daqiqada Eshli Yang hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Diyego Godin “Inter”ning ikkinchi golini urdi.

61-daqiqada Lautaro Martines hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 68 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam “Yuventus”dan 9 ochko ortda qolmoqda.

A Seriya

32-tur bahsi

13-iyul, dushanba

Gollar: 0:1 – 17 Belotti, 1:1 – 48 Yang, 2:1 – 51 Godin, 3:1 – 61 Martines.

“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio (Biragi, 71), Bastoni, Godin (Shkrinyar, 76), Yang (Kandreva, 71), Valero, Brozovich, Sanches, Galyardini, de Vrey, Martines (Eriksen, 84).

“Torino”: Sirigu, Ayna, Ansaldi (Berenger, 64), Nkulu, de Silvestri (Singo, 64), Verdi (Milliko, 76), Rinkon, Itsso, Meyte (Lukich, 64), Bremer, Belotti.

Ogohlantirishlar: Godin (21), Ayna (24), Meyte (30), de Silvestri (49), Brozovich (60), Sanches (62), D`Ambrozio (69), Biragi (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют