» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1856 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1856 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 845 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 1011 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1856 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 61 755 kishiga yetgan. Hozirga qadar 35 911 kishi sog‘aygan, 396 kishi virus qurboniga aylangan.

Avvalroq Qozog‘istonda karantin cheklovlari iyul oyining oxirigacha uzaytirilagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda pandemiya sabab qo‘y yog‘i va biya sutiga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi (video)

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6595 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 44 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 20 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 55 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5278 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Tojikistonda pandemiya sabab qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamiga bir martalik yordam puli tarqatiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют