» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1644 kishida, Qirg‘izistonda esa 327 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1644 kishida, Qirg‘izistonda esa 327 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 572 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 1072 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1644 kishini tashkil etmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 23 904 kishiga yetgan. Hozirga qadar 15 276 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 21 815 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi davrida 18 nafar tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonda 4-iyul holatiga ko‘ra, yana 327 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 149 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 7094 kishiga yetdi, ularning 78 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2714 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 302 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 324 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 17 331 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 1290 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 819 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6108 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

O‘tgan sutka davomida yana 50 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 72 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4762 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda 216 nafar bemor shifoxonalarda qolmoqda.

O‘zbekistonda 4-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9500 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 6251 nafar bemor sog‘aygan, 29 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют