» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1501 kishida, Qirg‘izistonda esa 506 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1501 kishida, Qirg‘izistonda esa 506 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 496 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 1005 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1501 kishini tashkil etmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 23 332 kishiga yetgan. Hozirga qadar 14 777 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 20 743 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Avvalroq Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

Qirg‘izistonda 3-iyul holatiga ko‘ra, yana 506 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 230 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6767 kishiga yetdi, ularning 76 nafari virus qurboniga aylangan (o‘tgan bir sutka ichida 10 kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan). Hozirga qadar 2655 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev pnevmoniya sababli tergov izolyatoridan kasalxonaga o‘tkazildi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 186 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 022 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 16 041 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 440 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 807 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirusga qarshi 141 xil vaksina ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6058 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

O‘tgan sutka davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 63 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4690 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 3-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют