» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar 31 ming kishidan oshdi, Qozog‘istonda esa 22 mingga yaqinlashmoqda

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar 31 ming kishidan oshdi, Qozog‘istonda esa 22 mingga yaqinlashmoqda


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 492 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 21 819 kishiga yetgan. Hozirga qadar 13 008 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 17 642 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashayotgani sababli karantin choralarini kuchaytiradi

Qirg‘izistonda 30-iyun holatiga ko‘ra, yana 279 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 182 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

O‘tgan bir sutka ichida 52 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5296 kishiga yetdi, ularning 57 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2370 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov 2 nafar xodimida koronavirus aniqlangani sababli 3 kun davomida o‘zini izolyatsiya qiladi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 271 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 31 238 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 13 934 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 1330 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 733 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Avvalroq esa Afg‘onistonda umumiy hisobda 737 kishi COVID-19 qurboniga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5900 kishiga yetdi, deb xabar berdi Asia Plus. O‘tgan sutka davomida yana 51 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 58 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4506 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 264 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Mavzuga doir: Tojikiston 1-iyuldan O‘zbekiston va BAA bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют