» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 19 ming kishidan oshdi, Qirg‘izistonda esa 4 mingga yaqinlashmoqda

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 19 ming kishidan oshdi, Qirg‘izistonda esa 4 mingga yaqinlashmoqda


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 520 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,8 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 19 285 kishiga yetgan. Hozirga qadar 11 882 kishi sog‘aygan, 136 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 12 677 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 25-iyun holatiga ko‘ra, yana 228 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 113 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3954 kishiga yetdi, ularning 43 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2112 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov 2 nafar xodimida koronavirus aniqlangani sababli 3 kun davomida o‘zini izolyatsiya qiladi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 234 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 715 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 639 kishiga yetdi, hozirga qadar 9869 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 609 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 67,4 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5630 kishiga yetdi, deb xabar beradi “Coronavirus control.ru”. O‘tgan sutka davomida yana 63 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 85 kishiga shifoxonadan javob berilgan.

Tojikistonda hozirga qadar 54 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4194 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют