» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 21 327 kishiga, Qirg‘izistonda esa 5017 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 21 327 kishiga, Qirg‘izistonda esa 5017 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 547 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,6 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 21 327 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 933 kishi sog‘aygan, 178 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 16 639 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston muntazam aviareyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Qirg‘izistonda 29-iyun holatiga ko‘ra, yana 269 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 138 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

O‘tgan bir sutka ichida 52 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5017 kishiga yetdi, ularning 50 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2294 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 351 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 967 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 12 588 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 2004 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 737 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5849 kishiga yetdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 50 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 57 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4448 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 271 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

O‘zbekistonda 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 kishiga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, COVID-19 qurbonlari soni 22 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют