» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 20 780 kishiga, Qirg‘izistonda esa 4748 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 20 780 kishiga, Qirg‘izistonda esa 4748 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 461 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 780 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 738 kishi sog‘aygan, 166 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 14 548 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston muntazam aviareyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Qirg‘izistonda 28-iyun holatiga ko‘ra, yana 235 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 107 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

O‘tgan bir sutka ichida 30 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4748 kishiga yetdi, ularning 47 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2242 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov 2 nafar xodimida koronavirus aniqlangani sababli 3 kun davomida o‘zini izolyatsiya qiladi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 165 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 616 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 10 674 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 388 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 703 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5799 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 52 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 60 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4391 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 278 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Mavzuga doir: Tojikiston 1-iyuldan O‘zbekiston va BAA bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют