» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 22,8 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 6,2 ming nafardan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 22,8 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 6,2 ming nafardan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 528 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek 981 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan, deb xabar berdi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 22 836 kishiga yetgan. Hozirga qadar 13 845 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 19 738 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashayotgani sababli karantin choralarini kuchaytiradi

Qirg‘izistonda 2-iyul holatiga ko‘ra, yana 526 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 211 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

O‘tgan bir sutka ichida 87 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6261 kishiga yetdi, ularning 66 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2530 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev pnevmoniya sababli tergov izolyatoridan kasalxonaga o‘tkazildi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 319 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 31 838 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 15 411 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 1520 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 774 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6005 kishiga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga keltirilgan.

O‘tgan sutka davomida yana 51 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 56 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4624 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 2-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5847 nafar fuqaro (65 foiz) sog‘aygan. 15-mart, ya’ni O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning oilasiga 250 mln so‘m kompensatsiya to‘landi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют