» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1403 kishida, Qirg‘izistonda esa 314 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1403 kishida, Qirg‘izistonda esa 314 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 589 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 814 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1403 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 25 021 kishiga yetgan. Hozirga qadar 15 860 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 23 553 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi davrida 18 nafar tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonda 6-iyul holatiga ko‘ra, yana 314 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 161 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 7691 kishiga yetdi, ularning 92 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2843 nafar bemor davolangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Qirg‘izistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 279 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 951 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 19 366 bemor tuzaldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 202 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 864 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6213 kishiga yetdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 54 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 49 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 54 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4858 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 225 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Mavzuga doir: Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida qolib ketgan 800 ga yaqin tojikistonlik yurtiga qaytarildi

O‘zbekistonda 6-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 143 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, kasallikdan vafot etganlar soni 35 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют