» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilidan maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning OTMga kirishi va o‘z ishini topishiga qarab haq to‘lanadi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilidan maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning OTMga kirishi va o‘z ishini topishiga qarab haq to‘lanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul, seshanba kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini hal etish muhimligini ta’kidlab, bu borada alohida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Avvalo, maktab bitiruvchilarini o‘qish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. 2020-yilda umumta’lim maktablarini 452 ming o‘g‘il-qiz tamomladi. Ularning 70 ming nafari oliy ta’lim, 85 ming nafari professional ta’limga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Maktabdanoq kasbga o‘qitish tizimi joriy etilishi belgilandi. Navbatdagi o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.

Mavzuga doir:

Buning uchun 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8—9-sinf o‘quvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga doir:

2020-yil oxirigacha mahallalarda 136 ta kasb-hunar o‘qitish maskani, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tashkil etib, 31 ta kasb-hunarga o‘qitish markazini jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi. Bu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga 200 milliard so‘m ajratish, o‘quv kurslarini, avvalo, kambag‘allik eng yuqori bo‘lgan mahallalarda tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi



Manba: Daryo.uz
Îïóáëèêîâàíî: admin (14-07-2020, 22:11)
0 (ãîëîñîâ: 0)
Êîììåíòàðèåâ ïîêà åùå íåò. Âû ìîæåòå ñòàòü ïåðâûì!

Äîáàâèòü êîììåíòàðèé!


vote-iconÎÏÐÎÑ
Êòî âû ïî çíàêó çîäèàêà?

ÊÒÎ ÍÀ ÑÀÉÒÅ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Þçåðû:
- îòñóòñòâóþò
Ãîñòè:
Ðîáîòû:
Ïîñëåäíèå 20 ïîñåòèòåëåé... - îòñóòñòâóþò