» » O‘zbekistonning har bir tuman va shaharida hamda OTMlarida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari ochiladi

O‘zbekistonning har bir tuman va shaharida hamda OTMlarida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari ochiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul, seshanba kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Videoselektor yig‘ilishida IT-parklar masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Har bir tuman va shahar Yoshlar ishlari bo‘limlari va oliy o‘quv yurtlari qoshida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi

Yig‘ilishda mehnat bozoridagi bugungi talab va yoshlarning ularga tayyorligi masalasi ham tahlil qilindi.

2020-o‘quv yilida 339 ta kasb-hunar maktabi, 212 ta kollej, 175 ta texnikumda 215 ming nafar yoshlarning ta’lim olishi rejalashtirilgan.

“Lekin bu ta’lim maskanlaridagi yo‘nalishlar na son, na sifat bo‘yicha talabga javob beradi.

Misol uchun, O‘zbekistonda katta ko‘lamda qurilishlar bo‘layotgan bugungi davrda yiliga kamida 50 ming nafar professional quruvchiga ehtiyoj bor. Biroq qurilish yo‘nalishida 170 ta kollejda 13 ming mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan, xolos.

Yoki IT-texnologiyalar bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi boshlanganiga qaramay, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarga ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha bor-yo‘g‘i 12 ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari bu kabi kamchiliklarni ko‘rsatib, mehnat bozorida ishchi kasblarga real ehtiyojni har bir tarmoq va soha kesimida aniqlash, talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitish dasturi ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Tog‘-kon, metallurgiya, neft-gaz, kimyo, avtomobilsozlik, qurilish, elektrotexnika, farmasevtika, oziq-ovqat, transport-logistika sohasidagi yirik korxonalar va klasterlar davlat bergan imtiyoz va preferensiyalarga javoban o‘zlari uchun ishchi-mutaxassislarni tayyorlaydigan infratuzilmani barpo etishlari kerakligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga shu bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tijorat banklari bilan birga yoshlarni zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilida “Bir million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish haqida so‘z borgandi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilning 21-noyabrida O‘zbekistonda dasturchilarni bepul tayyorlovchi One Million Uzbek Coders loyihasi ishga tushirilgandi. Loyiha birinchi navbatda mahalliy aholiga, asosan, yoshlarga axborot texnologiyalari mutaxassisliklarida arzon va sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi. Loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют