» » O‘zbekistonga 2020-yilning birinchi yarmida xorijdan jami 2,4 mlrd dollarlik pul jo‘natmalari yuborilgan

O‘zbekistonga 2020-yilning birinchi yarmida xorijdan jami 2,4 mlrd dollarlik pul jo‘natmalari yuborilgan


Markaziy bank 2020-yilning yanvar—iyun oylari davomida O‘zbekistonga xorijdan yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari va 2019-yilning mos davri bilan solishtirgandagi farqli jihatlar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2,4 milliard AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 156 million dollarga yoki 6 foizga kamaygan.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 427 million dollarga yetib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 40 million dollar yoki 9 foizga qisqargan.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116 million dollarga (yoki 5 foizga) kamaygan.

Avval O‘zbekistonda naqd pul tushumlarining hajmi koronavirus epidemiyasidan avvalgi darajasini tiklayotgani, oltin va boshqa qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni Markaziy bank shoxobchalaridan sotib olish imkoniyati yaratilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют