» » Qarshi shahri ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi

Qarshi shahri ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi


Qarshi shahrining markaziy ko‘chalari hamda avtomobillar tirband bo‘ladigan yo‘llarga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan Yo‘l harakati xavfsizligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Ahror Usmonovning so‘ziga ko‘ra, bu harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

“Ichki ishlar vazirligi YHXBB topshirig‘i bilan shahar hududida yo'l transport xodisalarining oldini olish maqsadida shahar hududidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yo'llarda va transport oqimi ko'p bo‘lgan ko'chalardagi xavfli burilishlarda shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi”, — deydi Ahror Usmonov.

Ta’kidlanishicha, bu kabi shovqin chiziqlar sinov tariqasida Qarshi shahri, Qarshi, G‘uzor, Koson, Chiroqchi va Qamashi tumanidagi markaziy ko‘chalarga chizib chiqilgan bo‘lib, o‘zini oqlasa boshqa tuman yo‘llarida ham chiziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir etilgan YTHlarning qariyb 650 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Yo‘l-transport hodisalarining 1154 tasi (48,3 foizi) piyodalar, 383 tasi (16 foizi) bolalar va 101 tasi (4,2 foizi) velosipedchilar ishtirokida sodir etilgan.

Mavzuga doir: Buxoroda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida A-380 trassasiga YTHga uchragan mashina maketi o‘rnatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют