» » Video: G‘allaorol tumanida sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tasvirga olish jarayonlaridan so‘ng ketib qolgani ma’lum bo‘ldi

Video: G‘allaorol tumanida sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tasvirga olish jarayonlaridan so‘ng ketib qolgani ma’lum bo‘ldi


Jizzax viloyati G‘allaorol tumani markazidagi bozorda Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tasvirga olish jarayonlari tugaganidan so‘ng xizmat joyidan ketib qolgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalining yangiliklar dasturida lavha namoyish etildi.

Lavhada aytilishicha, tuman markazida joylashgan do‘konlarning ba’zilarida karantin qoidalariga rioya qilinayotgan bo‘lsa, ba’zilarida esa e’tibor ham berilmagan. Ogohlantirishlarga qaramasdan sanitariya qoidalarga amal qilmayotgan va faoliyati taqiqlangan bo‘lsa-da, ishlashda davom etayogan bir qancha tadbirkorlarga nisbatan Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirgan.

“Bozorga kiraverishda dastlab sanitariya-epidemiologiya xodimlarining ishlayotganini ko‘rdik. Ammo 15-20 daqiqadan so‘ng qaytib kelganimizda bu yerdagi mas’ullarni topa olmadik. Fuqarolar bozor hududiga kirib-chiqishda erkin harakat qilmoqda. Bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkor va xaridorlarning ayrimlari tartibga umuman amal qilmayapti. Umuman, bozor hududida aksariyat tadbirkorlar mavjud tartib-qoidalarga amal qilgan holda ishlamoqda. Rastalar oldi polietilen to‘siqlar bilan o‘ralgan, ammo sotuvchilarda qo‘lqop yo‘q”, – deydi jurnalist.

Muxbirning qo‘shimcha qilishicha, niqobsiz yurgan, eskirgan niqobdan foydalanayotgan, niqobdan noto‘g‘ri foydalanayotgan fuqarolarga tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan tushuntirishlar olib borilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют