» » Amerikalik erkak o‘z uyining oshxonasida ayiqqa duch keldi

Amerikalik erkak o‘z uyining oshxonasida ayiqqa duch keldi


Amerikaning Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi Deyv Chernoski o‘z uyining oshxonasida ulkan ayiqqa duch kelgan. Yirtqich bilan “uchrashuvdan” so‘ng, erkakning yuzida, bo‘yni, qulog‘i va orqasida ulkan chandiq qolgan, deb xabar beradi ABC News.

52 yoshli amerikalikning so‘zlariga ko‘ra, uning uyi o‘rmon yaqinida joylashgan. U erta tongda uydagi g‘alati tovushlardan uyg‘onib ketgan.

“Oshxonaga bordim va u yerda ayiqqa duch keldim. U muzlatkichni, shkaf va boshqa joylarni titib bo‘lgan ekan”, — deydi Chernoski. U ayiqni uydan chiqarishga uringan.

Erkak garaj oldiga chiqib shovqin sola boshlagan va yirtqich ovoz chiqqan tomonga qiziqib borgan. Biroq eshik oldida uni nimadir qo‘rqitib yuborgan va u uy egasiga tashlanib qolgan.

“Bir-birimizga qaragan vaqtimiz, u meni urdi… va shundan so‘ng, men yo‘ldan qochdim va baqira boshladim, u qochib ketdi”, — deydi amerikalik.

Ayiq bilan “uchrashuv”dan keyin Chernoski shifoxonaga borgan va shifokorlar uning yuzidagi yirtilgan joylarni tikib qo‘ygan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют