» » Kaliforniyada ona ayiq o‘z bolasini himoya qilaman deb bir erkakni jarohatladi

Kaliforniyada ona ayiq o‘z bolasini himoya qilaman deb bir erkakni jarohatladi


10-iyun kuni Kaliforniya fuqarosiga ayiq hujum qildi. Erkakning kuchugi ona ayiqning bolasiga hujum qilishga uringanidan so‘ng, ulkan hayvon uning ortidan quvlab borgan, deb xabar beradi Forum Daily.

Noxush hodisa Los-Anjeles yaqinida joylashgan Anjeles milliy qo‘riqxonasi bilan chegaradosh Serra-Madre shahrida sodir bo‘lgan.

Kaliforniya baliq xo‘jaligi va yovvoyi tabiat departamentining ma’lum qilishicha, erkak kuchugining ovozidan orqa hovlisida ayiq yurganini payqab qolgan. Ona ayiq o‘zining bolasini himoya qilish maqsadida kuchukning orqasidan borib, erkakka duch kelgan.

Erkak esa o‘z navbatida kuchugini o‘limdan himoya qilish maqsadida ayiqni oyog‘i bilan tepgan. Shundan so‘ng jahli chiqqan ayiq uni tirnab tashlab, o‘ng tizzasini tishlab olgan.

50 yoshli erkak shifoxonaga yotqizilgan, hozirda uning ahvoli yaxshi. Jiddiy jarohat olgan kuchuk ham veterinarga yuborilgan.

Yovvoyi tabiat departamenti xodimlari ayiqqa tinchlantiruvchi ukol qilib, uni qo‘riqxonaga qo‘yib yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют