» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1756 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1756 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 915 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 844 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1756 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 63 514 kishiga yetgan. Hozirga qadar 38 008 kishi sog‘aygan, 396 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda bir million kishining oziq-ovqati uchun pul ajratiladi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 135 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolonews.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 34 740 kishini tashkil etmoqda.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning asosiy qismi — 51 tasi Kobulda qayd etilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 21 454 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1062 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga chalinish ehtimoli kamligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6643 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 48 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 54 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 55 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5332 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Tojikistonda pandemiya sabab qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamiga bir martalik yordam puli tarqatiladi

O‘zbekistonda 15-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 293 yetdi. Ayni paytda mamlakatda 8327 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, hozirga qadar 68 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют