» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1674 kishida, Tojikistonda esa 52 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1674 kishida, Tojikistonda esa 52 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 811 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 863 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1674 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 65 188 kishiga yetgan. Hozirga qadar 38 008 kishi sog‘aygan, 396 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda bir million kishining oziq-ovqati uchun pul ajratiladi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 254 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolonews.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 34 994 kishini tashkil etmoqda.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning asosiy qismi — 78 tasi Kobulda qayd etilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 22 456 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1094 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6695 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 52 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 51 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 56 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5383 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida haydovchilarning koronavirusga tekshirilishi sabab yuzlab yuk mashinalari turib qoldi

O‘zbekistonda 16-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 787 kishiga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, hozirga qadar 73 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют