» » Luis Suares “Barselona” La Ligada “Real”ni quvib o‘tib bo‘lmasligini tan oldi

Luis Suares “Barselona” La Ligada “Real”ni quvib o‘tib bo‘lmasligini tan oldi


“Barselona” hujumchisi Luis Suares katalon klubining La Liga 2019/20-yilgi mavsumidagi g‘alabasini deyarli imkonsiz deb atadi.

“Ochig‘ini aytganda, La Ligada g‘alaba qozonish deyarli imkonsiz. “Sevilya”ga qarshi o‘yin bizni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Bizda “Real”dan o‘tib ketish imkoniyati bor edi, biroq Vigoda “Selta”ga qarshi kechgan bahs (2:2) hammasini hal qilib berdi. Agar “Selta”ni mag‘lub etganimizda, “Atletiko” bilan o‘yin (2:2) osonroq kechardi. Vigoda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik, bu juda alamli edi. Endilikda bor e’tiborimizni Chempionlar Ligasiga qaratishimiz kerak”, — deydi Suares.

33 yoshli urugvaylik forvard ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining 26 ta o‘yinida maydonga tushib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Barselona” chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida “Real”dan 4 ochko ortda qolmoqda. Madrid klubini chempionlikdan 2 ochko ajratib turibdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют