» » Video: Ko‘chada 24 yil turgan “GAZ-53A” yana harakatga keltirildi

Video: Ko‘chada 24 yil turgan “GAZ-53A” yana harakatga keltirildi


YouTube’dagi “G‘ildiraklar ustidagi sirk” kanalida 24 yil ochiq osmon ostida turgan eski “GAZ-53” yuk mashinasini o‘t oldirish jarayoni tasvirlangan videorolik paydo bo‘ldi.

Kanal mualliflari ushbu yuk mashinasini o‘z loyihalari uchun xarid qilgan, biroq uni garajga olib ketishdan oldin yurgizishga harakat qilib ko‘rgan.

Ta’kidlanishicha, yigitlar Sovet Ittifoqi texnikasiga yaxshi tushunmaydi. Ular mazkur texnikani “GAZ-52” deya xato ma’lumot bergan, aslida bu oddiy “GAZ-53A”.

Birinchi navbatda yuk mashinasining kapoti ochilgan. Uning ostidan “ZMZ-511” V8 dvigateli o‘rin olgan. Achinarli ahvolda bo‘lgan yuk mashinasini o‘t oldirish uchun uning yoqilg‘i uzatish va elektr tizimini yangilashga to‘g‘ri kelgan.

Amalga oshirilgan butun jarayon videorolik ko‘rinishiga keltirilib, taqdim etilgan.

Mavzuga doir: Video: Ochiq osmon ostida 10 yil turgan “Zaporojets” yana harakatlana boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют