» » Sarvar Ashurov “Kamolot” Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi

Sarvar Ashurov “Kamolot” Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi


24-aprel kuni O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kamolot” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda Harakatning Markaziy Kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faoliyatiga doir ishlar muhokama etilib, tashkiliy masala ko‘rildi.

Majlisda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib Ashurov Sarvar G‘aniyevich saylandi.

Ma’lumot uchun, Sarvar Ashurov 1982-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2003-yil O‘zbekiston milliy universitetini, 2009-yil Toshkent moliya institutini tugatgan.

Sarvar Ashurov 2013-yildan O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari – Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют