» » Kaniza koronavirusga chalinganini bildirib, sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qildi (video)

Kaniza koronavirusga chalinganini bildirib, sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qildi (video)


Xonanda Kaniza Instagram’dagi stories orqali folloverlariga videomurojaat yo‘llab, koronavirusga chalinganini bildirdi. U, shuningdek, kechasi ahvoli og‘irlashgani, shu sababli tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgani, biroq tez yordam kelmaganini ham aytib, sog‘liqni saqlash tizimini tanqid ostiga oldi.

Kanizaning aytishicha, u 8-iyuldan beri kasal. Koronavirusga test topshirgan, biroq test unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Shunda ham xonanda o‘zini koronavirusga chalingan, deb hisoblamoqda.

“Yonimda administratorim bor, u ham kasallangan uyda o‘zimiz vrachlarning ko‘rsatmalari bilan davolanishga harakat qilyapmiz. Kecha yarim tunda ahvolim yomonlashdi, tinmasdan tez yordamga qo‘ng‘iroq qildik — hech kim javob bermadi. Oxiri kechasi bezovta qilsam ham tanish vrachlarimni chaqirtirdim.

Men-ku ilojini qilaman. Avvalo Ollohning yordami, keyin tanish-bilishlarimni, imkoniyatimni ishga solaman. Lekin oddiy xalqning ichida hatto test topshirishga imkoniyati yo‘qlar bor, og‘ir holatda qayoqqa borishini, nima qilishini bilmasdan yurganlar bor. Men bu videoni o‘shalarga ozgina yordam bo‘lsin, hech bo‘lmasa tez yordam joniga oro kirsin degan maqsadda qo‘ydim”, — deydi Kaniza.

Avvalroq xonanda Munisa Rizayeva ham tana harorati ko‘tarilgani tufayli koronavirusga test topshirgan, biroq natija salbiy chiqqanini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: “Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirus yuqtirib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют