» » Sirdaryoda karantin blokpostidan ikki quti sigaret evaziga fuqaroni o‘tkazib yuborgan IIB va Milliy gvardiya xodimi xizmatdan bo‘shatildi

Sirdaryoda karantin blokpostidan ikki quti sigaret evaziga fuqaroni o‘tkazib yuborgan IIB va Milliy gvardiya xodimi xizmatdan bo‘shatildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahri markaziga o‘tish joyida vaqtinchalik tashkil etilgan karantin blokpostida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar va Milliy gvardiya organi xodimlari ikki quti sigaret evaziga fuqaroni blokpostdan o‘tib ketishiga ruxsat bergani aks etgan video tarqaldi. Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Guliston shahri markaziga o‘tish joyida tashkil etilgan karantin blokpostidagi huquq-tartibot idoralarining xodimlari fuqaroning stikeri borligiga qaramasdan, uning o‘tib ketishi uchun ikki quti sigaret talab qilgan. Sigaret olib kelib berganidan so‘ng esa IIB va Milliy gvardiya xodimlari uni o‘tkazib yuborgan. Erkak sodir bo‘lgan holatni videoga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

“Xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, uch nafar rahbar xodimga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilib, bir nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bir nafar xodim esa Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi”, — deyiladi xabarda.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, qat’iy intizomiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda. Shuningdek, avtotransport harakati ham cheklanishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatda stikersiz avtomobillar harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqtlar belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют