» » Nukusda fuqaroning qo‘lini qayirib olib ketishga uringan profilaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Nukusda fuqaroning qo‘lini qayirib olib ketishga uringan profilaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ichki ishlar organi xodimi hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi bir fuqaroni majburlab “Gazel”ga ortishga uringani tasvirlangan video tarqalgani haqida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14-iyun kuni Nukus shahri hududida aholi orasida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi, Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Milliy Gvardiya hamda Nukus shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punkti profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovdan iborat guruh Nukus shahridagi avtoturargoh atrofida tekshiruv ishlarini olib borgan.

Qayd etilishicha, tekshiruv vaqtida 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro U.M. tibbiy niqob taqmasdan va taksi haydovchilari uchun belgilangan maxsus kombinezon kiymasdan, karantin qoidalariga amal qilmay faoliyat olib borayotganligi aniqlangan.

Vazirlik tomonidan bildirilishicha, holat yuzasidan Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi xodimi surishtiruv olib bormoqchi bo‘lganda U.M. ularga faol qarshilik ko‘rsatib, o‘zining harakatlari bilan shu yerda bo‘lgan boshqa shaxslarning e’tiborini jalb qilgan. Aynan shu holat videotasvirda aks ettirilgan.

Oxir-oqibat vaziyat barqarorlashtirilib, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Nukus shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punkti profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlari fuqaro A.A.ni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, qiynoqqa solganligi oqibatida fuqaro 11-iyun kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi. Mazkur voqea ortidan besh kishi, shu jumladan, Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i ishdan olindi, 19 kishi jazolandi.

Mazkur holat Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tomonidan qoralandi, “Yuksalish” umummilliy harakati va deputatlar bu holatga o‘z munosabatlarini bildirdi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar IIBB Yunusobodda fuqaroning xizmat mashinasiga majburan o‘tqazilayotgani to‘g‘risidagi videoga izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют