» » Nukusda fuqaroning qo‘lini qayirib olib ketishga uringan IIB va Milliy gvardiya xodimiga aholi norozilik bildirdi (video)

Nukusda fuqaroning qo‘lini qayirib olib ketishga uringan IIB va Milliy gvardiya xodimiga aholi norozilik bildirdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimi hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi bir fuqaroni majburlab “Gazel”ga ortishga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Ta’kidlanishicha, mazkur holat Nukusda sodir bo‘lgan.

Videodan ko‘rish mumkinki, ichki ishlar xodimi taxminan 18-20 yoshli yigitni “Gazel”ga majburan chiqarishga urinmoqda. Biroq yigitcha qarshilik ko‘rsatgani sabab IIB xodimi uni yerga yotqizib, bo‘ynidan bo‘g‘a boshlagan. Bu kabi holatni ko‘rgan atrofdagilar yordamga kelib, huquq-tartibot posponlaridan bolani qiynamaslikni, nima sababdan bunday qilishayotganini so‘rashga tushgan. Shunda IIB xodimi changalidagi yigitning “Mana maskam bor-ku” deya bo‘ynidagi tibbiy niqоbni ko‘rsatganini payqash mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, IIB va Milliy gvardiya xodimlari yigitchani jamoat joyida niqob taqmay yurgani uchun idoraga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Ko‘pchilikning aralashuvi bilan IIB xodimining qo‘lidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan yigit, hodisa joyidan qochib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют