» » Moskva meri shahar aholisining 60 foizida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanganini aytdi

Moskva meri shahar aholisining 60 foizida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanganini aytdi


Moskva shahri meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, shahar aholisida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllangan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Moskvada ham, Nyu-Yorkda ham, taxminan, 60 foiz aholida jamoaviy immunitet shakllangan”, — dedi shahar meri.

Shuningdek, Sobyanin koronavirus pademiyasiga qarshi kurash masalasida Moskva va Nyu-Yorkni taqqoslash o‘rinli deb hisoblamoqda. Uning qayd etishicha, ikki shahar o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, Nyu-Yorkda jarayon “bir oyga to‘g‘ri kelgan” va sog‘liqni saqlash tizimi yuklamani eplay olmagan, Moskvada esa jarayonni “uch oyga cho‘zishga” muvaffaq bo‘lingan.

Bundan tashqari, Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova 10-iyul kuni shahar aholisining 22 foizida koronavirusga qarshi antitanachalar borligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Moskva aholisi 16-iyuldan boshlab koronavirus testini bepul topshirishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, 15-iyuldan boshlab Rossiyaga kelgan odamlar uchun 14 kunlik majburiy izolyatsiya rejimi bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Rossiyada epidemiya boshlanganidan buyon umumiy hisobda 759 203 kishi koronavirus bilan kasallangan. Bemorlarning 539 373 nafari sog‘aygan, kasallik tasdiqlanganlarning 12 123 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют