» » “Barselona” 2014-yildan beri ilk bor Ispaniyada sovrinsiz qoldi

“Barselona” 2014-yildan beri ilk bor Ispaniyada sovrinsiz qoldi


Ispaniya La Ligasining 2019/2020-yilgi mavsumi yakunlanishiga bir tur qolganida, “Barselona” chempionatda g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi va chempionlikni “Real”ga topshirib qo‘ydi.

Shu tariqa katalon klubi 2014-yildan beri ilk marta na La Ligada va na Ispaniya kubogida g‘alaba qozona olmadi. Kubok bahslarida Kike Setyen shogirdlari chorak final bosqichida “Atletik”dan mag‘lubiyatga uchragan.

Mavsum oxirida katalon klubi uchun yutish mumkin bo‘lgan bitta sovrin qolmoqda. U ham bo‘lsa, Chempionlar Ligasi. Musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab 1/8 final bosqichida to‘xtab qolgan. “Barselona” ushbu bosqichda “Napoli” bilan to‘qnash kelgan. Tomonlarning Italiyada o‘tgan dastlabki o‘yinida 1:1 hisobida durang qayd etilgan. Javob uchrashuvi esa 8-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

37-turda “Real” “Vilyarreal”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar” “Osasuna”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Oradagi farq 7 ochkoni tashkil qiladi. Musobaqa yakuniga yetishiga 1 tur qolgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют