» » JSST samarasiz deb topgan “Gidroksixloroxin” preparati O‘zbekistonda nega qo‘llanilayotganiga izoh berildi

JSST samarasiz deb topgan “Gidroksixloroxin” preparati O‘zbekistonda nega qo‘llanilayotganiga izoh berildi


Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanishi, ularning orasida “Gidroksixloroxin” preparati borligi tarmoqlarda bir qancha bahslarga sabab bo‘lgan edi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva ushbu e’tirozlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusni davolashda foydalanilayotgan preparat nomi ma’lum qilindi

Jumladan, aholining “Gidroksixloroxinni koronavirus infeksiyasini davolashda qo‘llash noto‘g‘riligi ma’lum qilindi. Chunki kasallikka qarshi ko‘rsatmalari ko‘p ekan. Lekin nega bu preparat davolash protokoliga kiritilgan?”, degan savoliga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

“Gap shundaki, biz o‘zimizning konsultativ vebinarlarimizni asosan Xitoy bilan olib boryapmiz. Chunki bu virus qayd etilgan ilk hudud, ularning tajribasi ko‘proq va dastlabki kunlardanoq ularning tajribasini qo‘llab kelyapmiz. Bemorlarni davolash jarayonida bu yaxshi natija bergan. Agar bunday olib qaralsa, qo‘llashga qarshi holatlar qaysi kuchli ta’sirga ega dorilarda yo‘q deysiz? Albatta hammasida bor. Ammo biz doim foyda nojo‘ya ta’siridan ko‘proq bo‘lsa, tajribamizda amaliy ifodasini topsa, qo‘llaymiz. Buning ustiga aytishim kerakki, klinik protokol bu bir umrlik hujjat emas, u doim qayta ko‘rib chiqiladi olinadigan ma’lumotga qarab. Qaysidir preparatlar kiritiladi, boshqalari chiqariladi”.

Mavzuga doir: Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan kuzatilgan o‘lim holatlarining xloroxinga aloqasi yo‘qligini bildirdi

Hamroboyeva tilga olgan Xitoydagi tadqiqotlar bezgakka qarshi dori pnevmoniya rivojlanishini to‘xtatishda, o‘pka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali ta’sirini ko‘rsatgani aniqlangan. Tadqiqot mualliflari, koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg xloroxinni 10 kun davomida qabul qilish yetarliligini ta’kidlashgan.

Shuningdek, 2020-yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: gidroksixlorin va azitromitsinning kombinatsiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi to‘g‘risida ma’lum qilgan. Fransuz olimlari gidroksixloroxin preparatini alohida va antibiotik ta’sirga ega azitromitsin bilan birga COVID-19ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan o‘tkazgan. Davolashning 5-kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija ko‘rsatgan, ya’ni 5 kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sog‘aygani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, “Gidroksixlorin“ bezgak va revmatologik kasalliklarga qarshi preparatdir. U xinin (xloroxin) moddasining sintetik analogi asosida tayyorlanadi. Tibbiyotda undan 1955-yildan buyon foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlangandi. Ushbu ro‘yxatga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Parasetamol”, “Vitamin C” kabi dori-darmonlar kiritilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют