» » Bezgakka qarshi preparat sabab COVID-19’dan o‘limlar soni ko‘paygan. Tramp undan kasallikni oldini olishda foydalanmoqda

Bezgakka qarshi preparat sabab COVID-19’dan o‘limlar soni ko‘paygan. Tramp undan kasallikni oldini olishda foydalanmoqda


Bezgakka va revmatologik kasalliklarga qarshi girdoksixloroxin preparati yurak-qon tomir tizimida yuklamani oshirib, COVID-19’ni davolashda o‘lim ko‘rsatkichining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Butun dunyoda gidroksixloroxin bilan davolash statistikasini tahlil qilgan olimlar shunday xulosaga kelgan. Mazkur tadqiqotning natijalari Lancet tibbiyot nashrida e’lon qilingan.

Tadqiqotda butun dunyodagi 671 ta kasalxonada davolanayotgan 96 ming nafar bemorning ma’lumotlari tahlil qilingan. Shundan 14 888 nafari gidroksixloroxin yoki xloroxin dorisini, antibiotiklar bilan yoki ularsiz qabul qilgan, 81 144 kishiga esa ushbu dorilar berilmagan va ular alohida nazorat guruhiga olingan.

Tahlillar natijasi bo‘yicha nazorat guruhida o‘lim ko‘rsatkichi 9,3 foizni, dorilarni qabul qilgan guruhda esa 16 foizdan 23,8 foizgacha bo‘lgan oraliqni tashkil qilgan. Bemorlarning aksar qismi yurak-qon tomir tizimidagi muammolar, jumladan, aritmiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi. Koronavirusdan bezgakka qarshi dorilar yordamida davolansa bo‘ladimi?

19-mayda AQSh prezidenti Donald Tramp gidroksixloroxinni koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktika qilish uchun ichayotganini ma’lum qilgan. Tramp Oq uydagi shifokor uning ushbu preparatni qabul qilishiga qarshi bo‘lmaganini qayd etgan.

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar nazorati boshqarmasi gidroksixloroxinni faqat kasalxona sharoitida qo‘llashni tavsiya qilgan.

Mavzuga doir: Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan kuzatilgan o‘lim holatlarining xloroxinga aloqasi yo‘qligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют