» » Pentagon “super-puper” raketa sinovi haqida ma’lum qildi

Pentagon “super-puper” raketa sinovi haqida ma’lum qildi


Pentagon ilgari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan “super-puper” deb nomlangan gipersonik raketa sinov paytida ovoz tezligidan 17 marta oshganini tasdiqladi. Bu haqda 16-iyul kuni CNN AQSh mudofaa vazirligi rasmiylariga asoslanib xabar berdi.

“Bir oy oldin, Tramp AQShda “super-puper” raketa ishlab chiqarilishi boshlanganini e’lon qilgan edi. Davlat rahbari mart oyida o‘tkazilgan sinovlarda, raketa tezligi tovush tezligidan 17 baravar oshganini aytdi”, – deydi AQSh Mudofaa vazirligi vakili.

AQSh Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, gipersonik qurollarni yaratish dasturi bo‘yicha prezident uchun maxsus brifinglar o‘tkazilmoqda va Tramp mamlakat harbiylari tomonidan ushbu yo‘nalishda qilinadigan barcha ishlarga “juda qiziqadi”.

Shu bilan birga, “super-puper” raketasining 2023-yilgacha tayyor bo‘lish ehtimoli yo‘qligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют