» » Key-Liga. “Sonnam” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi. Iskandarovdan golli uzatma

Key-Liga. “Sonnam” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi. Iskandarovdan golli uzatma


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 12-turida “Sonnam” 19-iyul, yakshanba kuni “Suvon” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvda teng kurash kechdi, xavfli vaziyat yaratishda mehmonlar biroz ustunlik qildi. 82-daqiqada Jamshid Iskandarovning uzatmasidan keyin Li Chhan Yon sonnamliklarni oldinga olib chiqdi. Bu gol esa amalda o‘yin masalasini hal qilib berdi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik yarim himoyachi 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Ushbu g‘alabadan keyin “Sonnam” ochkolarini 13 taga yetkazib oldi va 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Suvon” (10) esa 10-pog‘onaga tushib ketdi.

Key-Liga

12-tur bahsi

19-iyul, yakshanba

Gol: 0:1 – 82 Li Chhan Yon.

“Suvon”: No Don Gon, Chan Ho Ik, Anri, Cho Son Jin, Pak San Hyok, Kim Min U, Kim Chon U (Yom Gi Hun, 46), Myon Chun Je, Ko Shin Bom, Taggart, Kim Gon Hi.

“Sonnam”: Chon Chon Hyok, Li Chhan Yon, Yon Je Un, Lim Shin Gyom, Li Te Hi, Yu In Su, Kim Don Hyon, Pak Te Jun, Na San Ho, Li Je Von (Iskandarov, 46), Kim Hyon Son (Yan Don Hyon, 90).

Ogohlantirishlar: Li Chhan Yon (28), Myon Chun Je (53), Kim Min U (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют