» » Key-Liga. Jamshid Iskandarov jamoasi ketma-ket 3-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (video)

Key-Liga. Jamshid Iskandarov jamoasi ketma-ket 3-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (video)


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 7-turida “Sonnam” 16-iyun, seshanba kuni “Suvon”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida suvonliklarning avstraliyalik hujumchisi Adam Taggart hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Kim Min U “Suvon”ning ikkinchi golini kiritdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu bahsda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jamshid Iskandarov to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Sonnam” 8 ochko bilan 7-o‘ringa tushib ketdi. “Suvon” (8) esa 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

17-iyun kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik legioner ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Key-Liga

7-tur bahsi

16-iyun, seshanba

Gollar: 0:1 — 29 Taggart, 0:2 — 33 Kim Min U.

“Sonnam”: Kim Yon Gvan, Chhve Ji Muk (Hon Shi Hu, 46), Li Te Hvi, Yon Je Un, Chhve O Bek, Kim Don Hyon (Kvon Sun Hyon, 62), Iskandarov, Yovanovich, Pak Su Il, Li Je Von, Lim Son Yon (Yan Don Hyon, 33).

“Suvon”: No Don Gon, Min San Gi, Anri, Ku De Yon, Yan San Min, Pak San Hyok (Antonis, 59), Ko Shin Bom, Yom Gi Hun (Kim Jon U, 86), Kim Min U, Krpich (Kim Gon Hi, 65), Taggart.

Ogohlantirishlar: Yovanovich (27), Kim Min U (69).

17-iyun, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют