» » Lionel Messi 2019/20-yilgi mavsum La Ligada bir yo‘la ikki yo‘nalishda tengsiz bo‘ldi

Lionel Messi 2019/20-yilgi mavsum La Ligada bir yo‘la ikki yo‘nalishda tengsiz bo‘ldi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra birdaniga bir nechta individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari (25 ta gol) va eng yaxshi assistenti (21 ta assist) deb topildi.

To‘purarlar poygasida 33 yoshli forvard “Real” hujumchisi Karim Benzema (21 ta gol, 2-o‘rin) va “Vilyarreal” hujumchisi Jerar Morenoni (18 ta gol, 3-o‘rin) ortda qoldirdi.

Eng ko‘p golli uzatmalarni amalga oshirganlar ro‘yxatida esa 2-o‘rinni “Real Sosyedad” yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal (11 ta assist) egalladi. Kuchli uchlikni “Barselona” hujumchisi Luis Suares (8 ta assist) yakunlab berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi 2003-yildan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida to‘p surib keladi. Uning klub bilan shartnomasi kelasi mavsumda o‘z nihoyasiga yetadi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют